O'qish Yangiliklar

Forumning asosiy mavzulari:

Open Banking va Open API: an’anaviy bank bozoriga ta’siri

Armaniston zamonaviy raqamli jamiyat sari yo‘lda

GovTech va RegTech: davlat boshqaruvi va G2B2Cdagi elektron xizmatlar

Sun’iy intellekt: davlat, biznes, texnologiya va moliya sohalarida

Davlat infratuzilmasi, bank tizimi, savdo va to‘lov biznesining raqamlashtirilishi

Fintex — bank sanoatining ajralmas qismi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu veb-saytda joylashgan ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirishingiz yoki havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan ma’lumot bilan tanishib chiqing va “ISHTIROK ETISH” tugmasini bosing.

Shundan so‘ng, “*” belgisi qo‘yilgan barcha maydonlarni to‘ldiring. Albatta, Telegramdagi nikneymingizni ko‘rsating — agar sizning elektron pochtangiz xatlar qabul qilmasa, chiptangiz shu yo‘l bilan yuboriladi.

Shundan keyin quyidagi xabar paydo bo‘ladi:
“Forumimizga bildirgan qiziqishingiz uchun rahmat. Tez orada siz bilan Tashkiliy qo‘mita vakillari bog‘lanishadi.”

Ro‘yxatdan o‘tish siz ishtirokni tasdiqlovchi xatni va shaxsiy elektron chipta havolasini olganingizdan keyingina muvaffaqiyatli hisoblanadi.


Tasdiqlovchi xat siz ro‘yxatdan o‘tish formasida ko‘rsatgan manzilga yuboriladi.


Nega men ro‘yxatdan o‘tish javobini olmadim?

Barcha arizalar individual tarzda ko‘rib chiqiladi. So‘rovlar sonining ko‘pligi va tadbir ishtirokchilari sonining cheklanganligi sababli bu jarayon biroz vaqt olishi mumkin.
Tashkiliy qo‘mita sizning arizangizni sababsiz rad etish huquqiga ega, ammo bu haqda elektron pochta orqali xabar beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda korporativ email manzilingizni ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq savollar uchun plusforum@plus-alliance.com manziliga yozishingiz mumkin.

Ishtirok uchun to‘lov

To‘lov shakllari:

  • Naqd pulsiz o‘tkazma — hisob-faktura orqali to‘lov (buning uchun kompaniyangiz rekvizitlari kerak bo‘ladi);
  • Bank kartasi orqali onlayn to‘lov.

Arizangiz ko‘rib chiqilgach, Tashkiliy qo‘mita vakili siz bilan bog‘lanib, sizga qulay to‘lov usulini aniqlaydi.

Manzil: “Meridian” ko‘rgazma markazi, Voskerrichneri ko‘chasi, 1-uy, Yerevan

Ishtirokchilar qulayligi uchun erta ro‘yxatdan o‘tish (tadbir arafasida):
10-noyabr, soat 16:00 dan 20:00 gacha

Forum kunlarida ro‘yxatdan o‘tish:
11-noyabr, soat 09:00 dan
12-noyabr, soat 09:00 dan

Ishbilarmonlik dasturi:
11-noyabr, soat 10:00 dan
12-noyabr, soat 10:00 dan

Batafsil: https://fa.plus-forum.com