A
- Aholi daromadlari - aholining shaxsiy daromadlarining asosiy shakli hisoblanib, bajarilgan mehnatga haq to’lash, mulkiy daromadlar va individual ravishda amalga oshirilgan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar ko’rinishida bo’ladi. Bunga pensiya, nafaqa, stipendiya, oylik ish haqi va boshqalar misol bo’la oladi (Qonunlar: Налоговый кодекс РУз, разделы V, VI).
- Akkreditiv - shartnoma shartlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish bilanoq, kontragent uchun (shartnoma bo’yicha majburiyatni bo’yniga oluvchi shaxs yoki tashkilot) mahsulot, ishlar va xizmatlar uchun to’lovni shartnomada ko’rsatilgan shartlar asosida qabul qilish imkoniyatini beruvchi bank hisobvarag’i turi (Qonunlar: “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom”, VII bo’lim. Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar (O’zR AV 03.06.2013 y., 2465-son)).
- Aksiya - o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’oz (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’RQ-387-sonli “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonuni 3-modda).
- Aksiya kursi - erkin bozorda doimiy qiymatga ega bo’lmagan aksiyaning sotish bahosi; aksiya kursi fond birjasida o’rnatiladi. Aksiya bankka joylashtirilganda dividenddan kam bo’lmagan daromad keltiradigan summaga sotiladi. Aksiya bahosi ushbu turdagi aksiyaga bo’lgan talab va taklifga bog’liq. Aksionerlik jamiyati dividend to’laydigan hujjat Kupon varaqasi deb ataladi.
- Aksiyadorlik jamiyati - ustav fondi muyayyan aksiyalar soniga bo’lingan va aksiyadorlar o’rtasida taqsimlangan korxona yoki tashkilot (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasining fuqarolik Kodeksi, 64-modda).
- Aktivlar - subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir (Qonunlar: Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos, 38.1-band (O’zR AV 14.08.1998 y., 475-son)).
- Amortizasiya (eskirish) - foydali xizmat davri davomida aktiv (asosiy vosita) ning eskirgan (amortizasiyalangan) qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga yoki davr harajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish (Qonunlar: 7-son BHMS, Nomoddiy aktivlar, 4-band (O’zR AV 27.06.2005 y.1485-son)).
- Asosiy foiz stavkasi – tijorat banklari uchun qarz olish foiz stavkasini hamda qarz oluvchilar uchun kredit xarajatlarini belgilab beruvchi foiz stavkasi; asosiy foiz stavkasi o‘zgarishi banklararo pul bozoridagi foiz stavkalariga ta'sir ko‘rsatadi.
B
- Bank - bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to’lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag’larini jalb etish, o’z nomidan kreditlar berish bo’yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 y. O’RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 3-modda).
- Bank hisobvarag’I - bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo’lib, unga ko’ra bank mijozning hisobvarag’iga tushayotgan pul mablag’larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag’idan tegishli pul mablag’larini o’tkazish hamda berish va hisobvaraq bo’yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi (Qonunlar: “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to’g’risidagi Nizom, (O’zR AV 15.05.2012 y. 2364-son), 1-band, 2-xatboshi).
- Bank (kafilning) o’z mijozi bo’yicha pul majburiyatlarini bajarishi to’g’risidagi kafolati (Qonunlar: “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to’g’risidagi Nizom, (O’zR AV 15.05.2012 y. 2364-son), 1-band, 2-xatboshi).
- Bank omonati shartnomasi - mazkur shartnoma bo’yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to’lash majburiyatini oladi (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 759-modda).
- Bank resurslari - kredit ajratish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan banklar tasarrufidagi o’z mablag’lari va qarz mablag’lari yig’indisi.
- Bank tizimining likvidligi – tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridagi milliy valyutada hisoblanadigan pul mablag‘lari qoldiqlari.
- Banklar guruhi - moliya institutlarining yuridik shaxs bo’lmagan birlashmasi bo’lib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 y. O’RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 3-modda).
- Banklararo korrespondent aloqalar - bir bank (Korrespondent Bank) boshqa banklarga tegishli omonatlarni saqlaydigan va ikkinchisiga to’lov va boshqa operatsiyalar bo’yicha xizmat ko’rsatadigan shartnomaviy munosabatlar.
- Banklararo pul bozori – milliy va xorijiy valyutalardagi mablag‘larni joylashtirish va jalb qilish bo‘yicha qisqa muddatli (odatda bir yilgacha) birja savdo operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish tizimi.
- Banknotlarni tekshirish - pul blankalari va metall tangalarning haqiqiyligi va to’lov qobiliyatini tekshirish.
- Bankomat - bank avtomati: bank mijoziga mustaqil ravishda bank plastik kartasi yordamida o’z hisobvarag’i bo’yicha oddiy bank amaliyotlarni amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot, asosan, bank plastik kartasi orqali naqd pul yechib olishga mo’ljallangan (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lishi tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zR AV 30.04.2004 y. 1344-son), 1-band, "f" kichik bandi).
- Bazaviy inflyasiya – mavsumiy va ma'muriy xususiyatga ega bo‘lgan omillar ta'sirida bo‘lgan ayrim tovarlar va xizmatlar (meva–sabzavotlar, yoqilg‘i, yo‘lovchi transportining ayrim turlari, aloqa xizmatlari, uy–joy kommunal xizmatlari va boshqalar) narxlarining o‘zgarishini hisobga olmagan holda hisoblanadigan inflyatsiya.
- Birja bozori - oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, aniq qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Birjalar o’z faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi. Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ziyod birjalar mavjud bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida “Toshkent” Respublika fond birjasi, O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi faoliyat olib boradi (Qonunlar: O’zR 12.09.2014 y. O’RQ-375-sonli “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 3-modda).
- Bo’lib to’lash - mahsulot va xizmatlar xaridi qiymatini ma’lum bir muddat davomida qisman, bo’lib to’lash usuli. Mazkur to’lov turi chakana mahsulotlarni kreditga sotish miqyosida keng tarqalgan. To’lovni bo’lib to’lashda tomonlar o’rtasida kredit majburiyatlari yuzaga keladi, ya’ni sotuvchi o’z vaqtida amalga oshirilmagan to’lovlar bo’yicha shtraf va penyalar hisoblashga haqli (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi 244-modda, 2-qism, 419-modda).
- Boshqa depozit tashkilotlari (tijorat banklari) sharhi – Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish bo‘yicha qo‘llanma”siga muvofiq boshqa depozit tashkilotlarining (tijorat banklari) jamlanma balans hisoboti asosida shaklllantiriladigan tahliliy jadval.
C
- Chet el banki - chet davlatning hududida ro’yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 . O’RQ-580-son «Bank va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 3-modda).
- CIF shartidagi import - Inkotermsdagi xalqaro savdo atamalaridan biri bo’lib, bunda tovarlar jo’natish portidagi transport vositasiga yuklangandan so’ng sotuvchi tovarni yetkazib bergan hisoblanadi, sotuv narxi esa tovarning qiymatini, fraxt yoki transport xarajatlarini, shuningdek, yuk tashish oldidan sug’urtalash to’lovlarini o’z ichiga olishini anglatadi.
D
- Daromad (sof) - daromad bo’yicha majburiy to’lovlar (soliqlar, bank kreditlari bo’yicha to’lovlar va hokazolar) dan keyingi daromad (Qonunlar: 3-son BXMS, "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot" (O’zR АV 25.08.1998 y. 43-son)).
- Davlat boji - yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to’lovdir (Qonunlar: O’zR Soliq kodeksi, 326-modda).
- Davlat maqsadli jamg’armalari - Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek budjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi (Qonunlar: O’zR Budjet kodeksi, 36-moddaа).
- Davlat qarzi - O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari (Qonunlar: O’zR Budjet kodeksi, 3-moddа).
- Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligasiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligasiyalari (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’RQ-387-sonl “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonuni 3-modda).
- Defitsit - muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. Budjet taqchilligi inflyasiya, harajatlarning norasional tuzilmasi, pul-kredit siyotsati, budjet intizomining buzilishi, iqtisodiyotda katta yo’qotishlar, rejalashtirilgan chora-tadbirlarning samarasizligi, harbiy harajatlar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Budjet taqchilligini qoplashning asosiy manbai – narxlarning oshishi, aholining bo’sh turgan mablag’larini va yuridik shaxslarning mablag’larini qarz sifatida jalb qilish, xalqaro kreditlar olish va boshqalar (Qonunlar: O’zR Budjet kodeksi, 3, 24-moddalar).
- Deflyasiya - narxlarning umumiy darajasi pasayishi.
- Denominasiya - pul birliklarining o’suvchi qiymatining o’zgarishi; odatda giperinflasiya yoki kichikroq nominal qiymatga ega bo’lgan eski pul birlikalrini yangisiga almashtirilgandan keyin kuzatiladi.
- Deponentlash - hujjatli aksiyalar blanklarini depozitariylarga saqlashga topshirish (Qonunlar: qimmatli Qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestirini qabul qilish tartibi va xujjatli aksiyalarni harakatlantirish mexanizmi to’g’risida vaqtinchalik Nizom (O’zR АV 12.06.2009 y. 1968-son), 1, 3-bandlari).
- Depozit auksionlari – bank tizimi umumiy likvidliligini boshqarish va likvidlilikning tarkibiy profitsiti sharoitida ortiqcha likvidlilikni bank tizimidan vaqtincha olish maqsadida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘larni auksion foiz stavkalarda (odatda bir yoki ikki haftalik) depozitlarga jalb qilish operatsiyalari.
- Devalvatsiya - milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan pasaytirilishi (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi, (O’zR Prezident 18.11.2019 y., PF-5877) I, II-bo’limlar).
- Diskont stavkasi - turli xil vaqtdagi davrlarga tegishli bo’lgan pul mablag’lari summasini bir paytga keltirish uchun foydalanadigan Stavka (Qonunlar: 6-son BXMS, "Ijara hisobi" (O’zR АV 24.04.2009 y., 1946-son), 21-band).
- Diskontlash - kelajakda aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablag’larining joriy ekvivalentini aniqlash maqsadida investision loyihalarni baholash va tanlab olishda qo’llaniladigan usul (Qonunlar: 6-son BXMS, "Ijara Hisobi" (O’zR AV 24.04.2009 y., 1946-son), 20-band).
- Diskontlash siyosati - pul-kredit siyosatini tartibga solish shaklining bir turi bo’lib, Markaziy bank tomonidan davlat qarz mablag’larining talab va taklifiga foiz stavkalari yordamida ta’sir o’tkazilishidir.
- Dividend - tashkilotning soliq to’lovlaridan keyingi taqsimlangan foydasi hisobidan aksiyadorning o’ziga tegishli bo’lgan aksiyalari evaziga olgan daromadi (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’RQ-387-sonli “Qimmatli qog’ozlar to’g’risida”gi Qonuni 3-modda).
E
- Eksport (Tovar/xizmat (ishlar)) - O’zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishni nazarda tutuvchi eksport bojxona rejimi. O’zbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga, xizmatlar/ishlar bajarilishining geografik joyidan qat’iy nazar bajariladigan ishlar (xizmatlarni) (Qonunlar: O’zR VMning 21.12.2017 y. 1006-son "Eksport kontraktlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida "gi qaroriga ilova , 7-band).
- Ekvayer - plastik kartalar bo’yicha to’lov mexanizmini amalga oshiruvchi bank yoki tashkilot (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 30.04.2004y. 1344-son), 1-band, "k").
- Ekvayring - bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat) sotuvchilari bilan operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, bank kartasi egasiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank karatalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 30.04.2004y. 1344-son), 1-band. "u").
- Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikasiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot (Qonunlar: O’zR VMning 02.06.2016 y. 185-sonli “elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 7-band).
- Elektron oferta - omonat shartnomasining barcha asosiy shartlarini o’z ichiga olgan, oferta qiluvchi shaxsning javob qaytargan shaxs bilan ofertada ko’rsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga xohish irodasini bildiruvchi taklif (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi) (Qonunlar:O’zbekiston Respublikasi banklarida deposit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma (АV 26.08.2015y. 2711-son), 1-bob).
- Elektron pullar - elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida to’lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari (Qonunlar: O’zR 01.11.2019 y. O’RQ-578-son «To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida»gi Qonuni,4-modda).
- Elektron raqamli imzo - egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan elektron hujjatdagi raqamli imzo (Qonunlar: O’zR 11.12.2003y . 562-II-sonli "Elektron raqamli imzo to’g’risida"gi Qonuni, 3-modda).
- Elektron tijorat - axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi. (Qonunlar: O’zR VMning 02.06.2016 y. 185-sonli “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 7-band)
- Elektron to’lov - texnik vositalar, axborot texnologiyalari va xizmatlardan foydalangan holda yelektron to’lov hujjatlari orqali naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish axborot tizimlari. (Qonunlar: O’zR MBning 19.02.2001 y., 1010-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida elektron to’lovlar tizimi bo’yicha hisob-kitoblar yuritish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori , 2-band.)
- Emissiya - banknotalar va qimmatli qog’ozlarni chiqarish. Banknotalar chiqarish faqat davlat tomonidan amalga oshiriladi. Emissiyaning maqsadi naqd pulda tovar aylanishiga xizmat qilishdir. Emissiyaning hajmi bozorda mavjud tovarlar massasiga mos kelishi kerak.
- Emissiyaviy qimmatli qog’ozlar - bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo’lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo’ladigan qimmatli qog’ozlar. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015y. O’RQ-387 “Qimmatli qo’g’ozlar to’g’risida"gi Qonuni, 3-modda)
- Emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestri - ro’yxatdan o’tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqarilishlarining ro’yxati. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015y. O’RQ-387 “Qimmatli qo’g’ozlar to’g’risida"gi Qonuni, 3-modda)
- Empirik tahlil – faktga oid ma'lumotlarni tahlil qilish asosida axborotni o'rganish va izohlashga yondashuv. Empirik yondashuv nazariyalar va konseptsiyalar emas, balki real ma'lumotlar, o'lchovlar va natijalarga asoslanadi.
- Erkin iqtisodiy zona - hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari, bojxona, valyuta, soliq va viza imtiyozlariga ega bo’lgan va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan joy. (Qonunlar: O’zR 25.04.1996 y. 220-I-son " Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi Qonuni, 1-modda)
F
- Faktoring - bank xizmatlarining bir turi bo’lib, bunda mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar) bo’yicha akseptlangan, lekin to’lanmagan to’lovni (qarz), regress huquqisiz, bank tomonidan moliyalashtirilishi tushiniladi. (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Hududida faktorining operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 03.08.2000 y. 953-son), 1.3-band)
- Fiskal siyosat - davlat faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, davlat daromadlari va xarajatlarini muayyan iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar uchun tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini o’z ichiga oluvchi moliyaviy siyosatning ajralmas qismi. Hukumatning soliqlarni belgilash va mablag‘ sarflash huquqlaridan foydalanishiga asoslanadi. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 08.01.2019 y . PF-5614-sonli , Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishni qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risidagi farmoni, 1-band)
- FOB shartidagi eksport - Inkotermsdagi xalqaro savdo atamalaridan biri bo’lib, bunda tovarni portga etkazish va uni haridor tomonidan ko’rsatilgan transport vositasiga ortish sotuvchining majburiyati hisoblanadi hamda tovarni transport vositasining bortigacha yetkazish bilan bog’liq xarajatlar sotuvchining zimmasiga tushadi.
- Foiz koridori – pul bozoridagi qisqa muddatli foiz stavkalarini Markaziy bankning asosiy foiz stavkasiga (foiz targetiga) yaqinlashtirish tizimi; foiz koridorining yuqori chegarasi Markaziy bankning tijorat banklariga qarz taqdim etish stavkasi (odatda overnayt stavkasi), quyi chegarasi esa Markaziy bankning tijorat banklaridan depozitlar jalb qilish stavkasi hisoblanadi.
- Foiz stavkalari - qarzdor tomonidan olingan qarz mablag’lari uchun qarz beruvchiga asosiy qarzga qo’shib to’lanadigan to’lov summasi. (Qonunlar: Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talabalar to’g’risidagi Nizom (АV 29.08.2019 y. 905-6-son) 2.9-band)
- Fond bozori - qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotib olish va sotishdan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar. Investorlar fond bozorida mavjud mablag’larni joylashtirishlari mumkin va kompaniyalar va davlat organlari o’z loyihalarini moliyalashtirish uchun investisiyalarni olishlari mumkin. "Qimmatli qog’ozlar bozori" atamasi ko’pincha "fond bozori" tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi, chunki fond bozori qimmatli qog’ozlari aksiyalar, obligasiyalar bilan chiqarilgan va operatsiyalarni o’z ichiga oladi. (Qonunlar: O’zR Vazirlar Mahkamasining “Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikkilamchi ommaviy takliflarini o’tkazish tashkil etish to’g’risida”gi qarori (АV 26.04.2019 y. 358-son))
- Forvard bitimi - real tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan holdagi oldi-sotdi bitimlar. kechiktirilgan yetkazib berish muddati bilan real tovarlar (shu jumladan qimmatli qog’ozlar, valyuta) ga nisbatan huquq va majburiyatlarning o’zaro o’tkazilishi bilan bog’liq valyuta bitimi. Forvard bitimi ikki bozor ishtirokchilari o’rtasida amalga oshiriladi va tomonlarning istaklariga javob beradigan shartlarni o’z ichiga oladi, birjalarda (fond, valyuta) amalga oshiriladigan fyuchers bitimlari shartlari oldindan belgilangan va standartlashtirilgan; forvard bitimlari uchun shartnoma egasining foydasi yoki zarari uning tugashi vaqtida aniqlanadi. (Qonunlar: O’zR 29.08.2001 y. 260-II-sonli “Birja va birja faoliyati to’g’risida”gi qonuni, 23-modda)
- Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi - banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs. Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o’tkazish huquqini beruvchi lisenziyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bekor qilingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha haq to’lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha Fondning haq to’lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan lisenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas. (Qonunlar: O’zR 05.04.2002 y. 360- II-sonli «Fuqarolarning banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi qonuni, 4-modda)
- Fyuchers - muddatli bitimlar, muayyan vaqtda va aniq narxda sotib olish, yoki belgilangan miqdordagi qimmatli qog’ozlar, valyuta yoki kelishilgan tovarlar miqdorini sotish bo’yicha shartnoma majburiyatlari. (Qonunlar: Qimmatli qog’ozlarnining xosilalarini chiqarish va muomalada bo’lish tartibi (АV 02.04.1997 y. 320-son), 1.2-band)
- Fyuchers bitimi - tovar yoki fond birjasida tuziladigan bitmilarning bir turi bo’lib, ikki ishtirokchi tomonidan standart shartlarga asosan tuzilgan shartnomadir. Bunda, ishtirokchilarning biri qat’iy belgilangan miqdordagi tovar, valyuta yoki qimmatli qog’ozlarning sotish majburiyatini oladi, ikkinchisi yesa uni to’lash majburiyatini bitimga asosan ma’lum muddatdan so’ng amalga oshirish majburiyatini oladi. Fyuchers operatsiyalari uchun hisob-kitob har kuni o’tgan savdolar natijalari asosida amalga oshiriladi. (Qonunlar: O’zR 29.08.2001 y. 260-II-sonli “Birja va birja faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 23-modda)
G
- Garov - bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi, ya’ni, kredit ta’minoti sifatida xizmat qilayotgan mol-mulkka bo’lgan huquqni boshqa shaxsga berish evaziga kredit qaytishini kafolatlash mexanizmi. Garovga ko’ra garovga qo’yuvchi (qarzdor) garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki to’liq bajarmagan taqdirda garovga oluvchi (kreditor) bu majburiyat bo’yicha garovga qo’yuvchi (qarzdor) tomonidan garovga qo’yilgan mol-mulkka bo’lgan huquqni olishga va uni qonund belgilangan tartibda sotib garovga qo’yuvchi (qarzdor)ning majburiyatini to’liq qoplashga haqli. Garov qiymati tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi va u kredit summasi va u bo’yicha hisoblangan foizlarni qoplashishi kerak. (Qonunlar: O’zR 01.05.1998 y. 614-I-son "Garov to’g’risida"gi Qonuni, 1-modda.)
- Garov xati - bankning ipoteka shartnomasi bo’yicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xati egasining nomi yozilgan qimmatli qog’ozdir. U garov xati qonuniy egasining ipoteka bilan ta’minlangan pul majburiyatining qo’shimcha dalillarni taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi; ipoteka belgilangan mol-mulkka bo’lgan garov huquqlarini, ya’ni qarzdor tomonidan kredit bo’yicha majburiyatlar o’z vaqtida bajarilmaganda yuzaga kelgan majburiyatlarini garov xati egasining ipoteka garovi hisobidan imtiyozli qanoatlantirilish huquqini tasdiqlaydi. (Qonunlar: O’zR 04.10.2006 y. O’zRQes-580-son “Ipoteka to’g’risidagi”gi Qonuni, 14-modda)
- Garovga oluvchi - qarzdorga tegishli bo’lgan yoki mulkdorning roziligi asosida mulkini majburiyatlarni ta’minlash maqsadida garovga oluvchi kreditor bo’lib, qarzdor tomonidan majburiyatlar to’liq yoki qisman bajarilmagan taqdirda garov mulki bahosi yoki garov mulkiga yetkazilgan zarar bo’yicha sug’urta to’lovi hisobidan majburiyatlarni to’liq qoplash huquqiga ega bo’ladi. (Qonunlar: O’zR 01.05.1998 y. 614-I-son "Garov To’g’risidagi"gi Qonuni, 8-modda)
- Garovga qo’yuvchi - egalik huquqi yoki xo’jalik yuritish huquqi bilan yoinki mulkdorning roziligi bilan tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga qo’yuvchi qarzdor yoki uchinchi (yuridik yoki jismoniy shaxs). Garovga qo’yuvchining mol-mulki o’ziga tegishli bo’lishi mumkin, egalik huquqini garovga qo’yuvchi shaxsga esa garovga qo’yish huquqigina tegishli bo’lishi mumkin. (Qonunlar: O’zR 01.05.1998 y. 614-I-son "Garov To’g’risidagi"gi Qonuni, 8-modda.)
- Gudvill - korxonaning obro’si, faoliyati doirasidagi reputasiyasi, aloqalari, mijozlari va xodimlari bahosi maxsus hisobvaraqda aktiv sifatida baholanib, yuritilishi; Gudvill bankni xarid qilish paytida xaridor tomonidan uning sof aktivlari (barcha aktivlar bozor bahosi va barcha majburiyatlar bozor bahosi o’rtasidagi farq) qiymatidan yuqori to’lanadigan summa sifatida aniqlanadi. (Qonunlar: 7-son BXMS, Nomoddiy aktivlar, 60-64-bandlar (O’zR AV 27.06.2005 y.1485-son); O’zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to’g’risida Yo’riqnoma, 3-band (O’z Res AV 14.01.2003 y., 1199-son))
H
- Hisobvaraq-faktura - xaridor nomiga sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlarning yetkazib berilishini va ularning to’liq qiymatini tasdiqlovchi hisobvaraq. Hisob faktura savdo bitimining shartlari, jumladan, hajmi, narxi, qiymati, sotish va yetkazib berish usullari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. (Qonunlar: O’zR Soliq kodeksi, 47-modda)
- Hokim yordamchisi — har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining bandligini ta'minlashga ma'sul shaxs. Hokim yordamchisining vazifalariga mahallani iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, fuqarolarga oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar olishda ko‘maklashish, ishsiz aholini bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish kabilar kiradi.
- Hosilaviy moliya vositalari – boshqa moliyaviy instrumentlarning qiymatiga bog’langan maxsus moliyaviy instrumentlar bo’lib, ular orqali turli xil moliyaviy xatarlarni (foiz stavkasi, almashinuv kursi, kredit, kapital va tovar narxlari xatarlari) boshqarish imkoniyati mavjud.
I
- I darajali regulyativ kapital – chegirmalarni hisobga olgan holda I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapital yig’indisi.
- Ijtimoiy investisiya - inson salohiyatini, ko’nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investisiyalar. (Qonunlar: O’zReas 25.12.2019 y. O’RQ-598-son “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 2-bob, 5-moddа)
- Import - tovarlarning O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to’g’risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi; kapitalning kredit va qarz ko’rinishida olib kirilishi; tashkilotlarning xorijiy kompaniyalar tomonidan sotib olinishi; chet el shaxslari, korxonalari, tashkilotlarining pullik xizmatlaridan foydalanish. (Qonunlar: O’zR 26.05.2000 y. 77-II-son "Тashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni, 11-modda)
- Imtiyozli davr - kredit bo’yicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr. (Qonunlar: Yakka tartibda hamda qishloq joylarida na’munaviy loyihalar bo’yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari “Qishloq Qurilish bank" ATB O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Ipoteka Bank"ATIB, AT "Xalq banki", "Аsaka bank" АTB va "O’zsanoat Qurilish bank" АTB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to’g’risida Nizom, (VM 25.05.2009y., 148-son) 2-ilova, 2-band)
- Imzo namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha - hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash maqsadida bankda saqlanadigan bank mijozlarining yoki mutasaddi tashkilotlarning imzo namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchasi; bank-korrespondentlarga jo’natiladigan bankning mas’ul xodimlarining imzo namunalari. (Qonunlar:” O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob kitoblar to’g’risida”gi Nizom (АV 03.06.2013 y. 2465-son), 2-bob, 14-modda)
- Inersion inflyatsiya – inflyatsiyaning uzoq muddatli darajasidan og‘ishga olib kelgan shoklardan so‘ng uzoq muddatli muvozanat darajasigacha sekinlik bilan qaytish tendensiyasi.
- Inflyatsion kutilmalar - kutilayotgan, taxmin qilinayotgan inflyasiya darajasiga tayangan holda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’zining kelajakdagi pul va narx siyosatini rejalashtirishi, daromad, harajat, foyda, kreditlarini baholashi. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 18.11.2019 y. PF-5877-son «Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish orqali pul kredit siyosatini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni)
- Inflyatsion kutilmalar indeksi – inflyatsiya yanada tezlashish yoki pastlashish holati bo'yicha signal beruvchi inflyatsion kutilmalarning miqdoriy ko'rsatkichi.
- Inflyatsion targetlash - inflyasion targetlash o’zida shunday pul-kredit siyosati rejimini aks ettiradiki, unda Markaziy bank tomonidan inflyasiya darajasi bo’yicha doimiy maqsad (target) e’lon qilinadi va uning harakatlari pul-kredit instrumentlari va kommunikasiyadan faol foydalangan holda joriy inflyasiyani uning maqsadli ko’rsatkichiga yetkazishga yo’naltiriladi. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 18.11.2019 y. PF-5877-son «Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish orqali pul kredit siyosatini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni)
- Inflyatsiya - mahsulot va xizmatlarning narx-navosi darajasining oshishi natijasida pulning qadrsizlanishi va aholining to’lovlilik qobiliyatning pasayishi. Bu ma’lum bir davr ichida mamlakatdagi mahsulot va xizmatlar uchun narx-navoning oshish jarayonidir. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 18.11.2019 y. PF-5877-son «Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish orqali pul kredit siyosatini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni)
- Inflyastsiyaning monetar omillari – o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning pul–kredit siyosati vositalari yordamida bevosita ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan inflyatsion omillari.
- Inflyatsiyaning nomonetar omillari – Markaziy bankning pul–kredit siyosati ta'siri doirasidan tashqarida bo‘lgan inflyatsiyaga ta'sir qiluvchi omillar. Ushbu guruhga tashqi iqtisodiy sharoitlar, tarkibiy omillar (asosiy fondlar holati, ishlab chiqarish samaradorligi va unumdorligi, ishchi kuchi taklifi va sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishning texnologik darajasi, transport, logistika infratuzilmasi, bozor konsentratsiyasining darajasi), normativ–huquqiy muhit, fiskal siyosat, tovarlar va xizmatlar taklifi tomonidan keltirilgan omillar kiradi.
- Inkasso - bank amaliyotlarining turi bo’lib, mijozning topshiriqnomasiga asosan o’z hisobvarag’idan to’lovni amalga oshirish yoki to’lovni aksept qilish majburiyatini bank (bank-emitent) o’z zimmasiga oladigan naqdsiz hisob-kitoblar shaklining bir ko’rinishi.
- Innovasiya - iqtisodiyotning texnika va texnologiyalar yangi avlodini yaratishni ta’minlaydigan bo’lagiga mablag’larni kiritish. (Qonunlar: O’zR 09.12.2014 y. O’RQ-380-son «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Internet-banking - mijozga internet orqali masofaviy xizmat ko’rsatish. Qoidaga ko’ra, mijoz bank filialida foydalanishi mumkin bo’lgan bank xizmatlaridan internet orqali ham foydalnishi mumkin, jumladan, hisobvaraqlari bo’yicha ko’chirmalar, omonat hisobvarag’i ochish, filiallararo va banklararo pul o’tkazmalarini amalga oshirish va h. Bunday amaliyotlarning ro’yxati faqat dasturiy ta’minotga va bankning biznes-jarayonlarigagina bog’liq.
- Investitsion talab – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z faoliyatini yuritish va kengaytirish uchun foydalanadigan jismoniy kapital obyektlari (mashina, uskunalar) va xizmatlarga bo‘lgan talab. Investitsion talab iqtisodiyotdagi yalpi talabning bir qismidir.
- Investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestisiyalar bo’lib, ular mablag’larni (milliy va chet el valyutasidagi pul mablag’lari), shu jumladan maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligasiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlarni; ko’char va ko’chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo’lgan, texnik hujjatlar, ko’nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni o’z ichiga olishi mumkin. (Qonunlar: O’zR 25.12.2019 y. O’RQ-598-son «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 3-modda)
- Investor - foyda olish maqsadida investisiya faoliyati ob’ektlariga o’zining mablag’larini va (yoki) qarz mablag’larini yoxud jalb qilingan boshqa investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati subyekti. (Qonunlar: O’zR 25.12.2019 y. O’RQ-598-son «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 3-modda)
- Ipoteka - garovga oluvchi kreditorning egaligiga o’tkazilmaydigan ko’chmas mulk (asosan, yer, bino-inshootlar) garov turi. (Qonunlar: O’zR 04.10.2006 y. O’RQ-58-son "Ipoteka to’g’risida»gi Qonuni)
- Ipoteka krediti - turar-joy binosini sotib olishga ajratiladigan uzoq muddatli kredit. Bunda turar-joy binosi ipoteka kreditining ta’minoti sifatida xizmat qilib, qarzdor uning mulkdori hisoblanadi va undan foydalanishga haqli. Qarzdor tomonidan ipoteka kreditini qaytarish bo’yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda bank garov ta’minotini sotishga va kredit bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni qoplashga haqli.
- Iqtisodiy normativlar - Markaziy Bank tomonidan pul aylanmasini boshqarish va bank operatsiyalarini tartibga solish bo’yicha standartlarni o’rnatish. Masalan, majburiy zaxira stavkasi, likvidlik stavkalari, kapitalning yetarlilik darajasi va boshqalar misol bo’la oladi.
- Iqtisodiy resurslar - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, boshqa qimmatliklar va kompaniyaga qarashli va foyda olish uchun foydalaniladigan pul mablag’lari majmui. (Qonunlar: Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos (АV 14.08.1998 y. 475-son), 14-band)
- Iqtisodiy tsikl – iqtisodiy rivojlanishning tabiiy shakli bo‘lib, bunda ishlab chiqarish o‘sishi, bandlik va YaIM o‘sishi iqtisodiyotning pasayish (retsessiya) davrlari bilan almashadi.
- Iste'mol narxlari indeksi (INI) – aholi tomonidan iste'mol uchun xarid qilinadigan tovar va xizmatlar umumiy narxlar darajasining o‘zgarish ko‘rsatkichi. INI belgilangan tovar va xizmatlarning joriy davrdagi narxlari yig‘indisining oldingi (bazaviy) davrdagi narxlariga nisbati orqali hisoblanadi.
- Iste’mol kreditlari - jismoniy shaxs (iste’molchi)larga uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditlar. Bunday kreditlar asosan jismoniy shaxslarga avtotransport sotib olish, uy jihozlari, elektron jihozlar, uy-joy ta’mirlash, salomatlikni tiklash, sayohatga chiqish maqsadlarida ajratiladi. Iste’mol kreditlarining moliyaviy (bank tomonidan ajratiladigan is’temol kreditlari) va tovar (mahsulotlarni bo’lib to’lashga sotish) iste’mol kredit shakllari mavjud. (Qonunlar: O’zR 06.05.2006 y. O’RQ -33-son "Iste’mol krediti tog’risida"gi Qonuni, 3-modda)
- Iste’molchilar huquqini himoya qilish - iste’molchilarning mahsulot va xizmatlardan, shu jumladan, moliyaviy bozor mahsulotlaridan foydalanganda ularning manfaatlarini himoyasini ta’minlovchi qonunchilik normativlar va amaliy tadbirlar (Qonunlar: O’zR 26.04.1996 y. 221-I-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni).
J
- Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi - fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya tizimida qatnashishini tasdiqlovchi hujjat, unda shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ining asosiy rekvizitlari ko’rsatiladi va ushbu hisobvarag’ida pul mablag’larining harakati aks ettiriladi. (Qonunlar: Xalq banki tomondan fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to’g’risida Nizom (VMning21.12.2004 y.dagi 595-son qaroriga 1-ilova), 2-band, 6-xatboshi.)
- Jarima - qonun yoki shartnomani buzganlik uchun pul jazosi, masalan, shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmagan yoki o’rnatilgan shartlarda bajarmagan taqdirda, yoki mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchining iste’molchilar huquqlarini buzganlik uchun moliyaviy javobgarligi. Jarima to’lash majburiyati nafaqat tijorat munosabatlarida, balki davlatga majburiy to’lovlarning bir qismida ham paydo bo’lishi mumkin. Masalan, soliq to’lovchi o’z vaqtida soliq to’lashni topshirmagan bo’lsa, jarima undiriladi. (Qonunlar: O’zR Jinoyat kodeksi, 274-modda)
- Jismoniy shaxs - fuqarolik huquq va majburiyatlarini bajaruvchi shaxs. Yuridik shaxsdan farqli ravishda jismoniy shaxs qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlariga ega, mustaqil iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’ya oladigan, jumladan o’z iqtisodiy aktivlariga ega bo’lib, bitimlar tuza oladigan shaxs hisoblanadi. (Qonunlar:Fuqarolik kodeksi РУз,. 1168- 1171-moddalar)
- Jismoniy shaxslarning daromad solig’i (daromad solig’i) - o’tgan yil uchun fuqarolarning pul mablag’lari bo’yicha jami daromadlaridan olinadigan soliq.
- Joriy operatsiyalar hisobi – bu mamlakat to‘lov balansining bir qismi hisoblanib, unda rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi tovarlar, xizmatlar, birlamchi va ikkilamchi daromadlar (ishchilar ish haqi, investitsiyadan olgan daromadlar va boshqalar) oqimi aks etiriladi.
K
- Kafillik shartnomasi - kafil boshqa shaxs o’z majburiyatini to’la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga olishi ko’zda tutilgan shartnomat turi. (Qonunlar: O’zR “Fuqarolik kodeksi”, 4-paragraf)
- Kapital - tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo’lgan mablag’lar; qo’shimcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun yaratilgan uzoq muddatga sarflanadigan resurslar; inson yehtiyojlarini bevosita qondirmaydigan mahsulotlar; investision mahsulotlar; biznes amaliyotlari uchun to’lanadigan pul; Kapital doimiy (ishlab chiqarish vositalari qiymati) va o’zgaruvchan (mehnat kuchi qiymati) kapitalga, uning qiymatini mahsulotga o’tkazish usuliga ko’ra yesa - asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.
- Kapital investitsiyalar - asosiy fondlarni yaratish va takror ko’paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizasiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investisiyalar. (Qonunlar: O’zR 25.12.2019 y. O’zR-598-son «Investitsiya va investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 2-bob, 5-modda)
- Keng ma’nodagi pul massasi (M2) milliy valyutadagi pul massasi hamda chet el valyutasidagi depozitlardan iborat.
- Ko’char mulk - ko’chmas mulk jumlasiga kirmaydigan barcha ko’rinishdagi mol-mulklar turi, ya’ni, yer, bino va inshootlariga taaluqli bo’lmagan mol-mulklar. Ko’char mulkka o’zi harakatlanadigan mulklar (avtotransportlar) kirib, ularga pullar, majburiy huquq talabnomasi, qimmatli qog’ozlar, qarzdorlik guvohnomalari, ijro varaqalari. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 83-modda)
- Ko’chmas mulk - yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko’p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog’langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan ob’ektlar. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi , 83, 84, 515, 1184-moddalar)
- Kobeyjing karta - ikkita to’lov tizimining qo’shma kartasi.
- Konsalting - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ekspert, texnik va iqtisodiy faoliyat sohasida maslahat berish faoliyatidir. Konsalting tashkilotlari hududiy, sohaviy va boshqa prinsiplarga oid mutaxassislarga ega bo’lishi mumkin. (Qonunlar: O’zR 09.12.1992 y. 734-XII-son "Auditorlik faoliyati to’g’risida" Qonuni, 17-modda)
- Konversiya amaliyotlari - jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish. (Qonunlar: Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 29.06.2018 y. 3029-son))
- Konvertasiya - valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalari. (Qonunlar: O’zR VM 10.07.2001 y. 294-son "Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida", 1 bo’lim)
- Korporativ moliya (tashkilot moliyasi) - tashkilot faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun xizmat qiladi.
- Korporativ plastik kartochkasi - yuridik shaxs va emitent bank o’rtasidagi shartnoma asosida korporativ bank kartasidan foydalanuvchi yuridik shaxs yoki u vakolat bergan shaxsga naqd pulsiz shaklda to’lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi to’lov kartasi. (Qonunlar: Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalardan foydalanish tartibi to’g’risida Nizom (АV 18.04.2005 y. 1470- son), 1-bandi, "а"-kichik bandi)
- Korrespondent hisobvaraq - Markaziy bank bo’linmalarida kredit tashkilotlarining ochilgan hisobvaraqlari. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi (АV 13.08.2004 y., 773-17-son) 2-bob)
- Kotirovka - milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan tez o’zgaruvchan narxi. (Qonunlar: Birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) o’rtacha narxlarini belgilash tartibi to’g’risidagi Nizom (AV 14.10.2009 y. 2017-son))
- Kredit - qaytarishlilik sharti bilan (foiz to’lovlari bilan birgalikda) mahsulot yoki pul ko’rinishidagi qarz/ssuda; qarzdor va kreditor o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni belgilaydi. (Qonunlar:O’zR Fuqarolik kodeksi, 2-paragraf)
- Kredit kartasi - bankning kredit mablag’lari hisobidan mahsulot va xizmatlar uchun to’lovlarni naqd pulsiz ko’rinishda amalga oshirish uchun ishlatiladigan to’lov kartasi. Kredit bank o’rnatgan limit doirasida ajratiladi va kredit bo’yicha to’lovlar o’z vaqtida amalga oshirilganda kredit summasi yangilanadi. (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lishi tartibi to’g’risidagi Nizomi (АV 30.04.2004 y. 1344-son), 8 "b"-band)
- Kredit qarzdorligi - krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar, penyalar hamda qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan belgilangan muddatda to’lanmagan boshqa to’lov majburiyatlari bo’yicha qarz summasi. (Qonunlar: Yakka tartibda hamda qishloq joylarida na’munaviy loyihalar bo’yicha yangi tiplardagi arzon uy joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari "Qishloq Qurilish Banki" АТB, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Ipoteka bank" АТIB, АТ "Xalq banki", "Asaka bank" АТB va "O’zsanoatqurilishbank" АТB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish nartibi to’g’risidagi Nizom, (VМ 25.05.2009 y., 148-son) 2-ilova, 2-band)
- Kredit shartnomasi - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladigan fuqarolik-huquqiy shartnomasi. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 744-modda)
- Kredit ta’minoti - qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning (masalan, kredit qarzdorliklarini) bajarilishi kafolatlaydigan garov turi.
- Kreditga layoqatlilik - qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning kredit shartnomasi bo’yicha o’z to’lov majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarish bo’yicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan layoqati. (Qonunlar: Yakka tartibda hamda qishloq joylarida na’munaviy loyihalar bo’yicha yangi tiplardagi arzon uy joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari "Qishloq Qurilish Banki" АТB, o’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" АТIB, АТ "Xalq banki", "Asaka bank" АТB va"O’zsanoatqurilishbank" АТB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish nartibi to’g’risidagi Nizom, (VМ 25.05.2009 y., 148-son) 2-ilova, 2-band)
- Kross-kurs - bir valyutaning ikkinchi valyutaga bo’lgan kursi orqali uchinchi valyutaning kursini aniqlash natijasi. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalari amalga oshirish tartibi to’g’risida Nizom, 1-ilova, 1-band)
- Kvitansiya - pul mablag’lari, hujjatlar va boshqa qimmatliklarni bank kassasiga qabul qilinganligi to’g’risidagi yozma hujjat. (Qonunlar: Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo’riqnoma,(АV 23.01.2019 y., 3028-1-son) 2-ilova)
L
- Libor - London banklararo kredit bozorida taqdim etilgan qisqa muddatli kreditlar (3-6 oy muddatga) uchun mo’ljallangan foiz stavkasi. Jahon moliya bozorida qisqa muddatli foiz stavkalari uchun mezon sifatida xizmat qilib, LIBOR yirik xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan ta’minlanmagan kreditlar uchun o’rtacha stavka sifatida olinadi.
- Likvid aktivlar - qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati bo’yicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor topiladigan, doimiy ravishda ko’zda tutilmagan (nomaqbul) yo’qotishlarsiz sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlar.
- Lisenziya - lisenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, lisenziya talablari va shartlariga so’zsiz rioya etilgani holda faoliyatning lisenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq). (Qonunlar: O’zR 25.05.2000 y.71-II-son "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi qonuni, 1-bo’lim, 3-modda)
- Lizing (moliyaviy ijara) - moliyaviy ijaraning alohida turi bo’lib, unda lizing beruvchi (birinchi taraf) lizing oluvchining (ikkinchi taraf) topshirig’iga binoan sotuvchidan (uchinchi taraf) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o’n ikki oydan ortiq muddatga beradi. (Qonunlar: O’zR 14.04.1999 y. 756-1-son "Lizing to’g’risida"gi qonuni, 2-moddа)
- Lizing beruvchi - lizing shartnomasi bo’yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob’ektini mulk qilib oluvchi shaxs. (Qonunlar: O’zR 14.04.1999 y. 756-1-son " Lizing to’g’risida"gi qonuni, 4-modda, 2-qism)
- Lizing oluvchi - Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo’yicha lizing ob’ektini olayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Lizing oluvchi aybi bilan lizing ob’ektining ishdan chiqishi lizing oluvchini lizing shartnomasiga asosan moliyaviy majburiyatlardan ozod etmaydi. (Qonunlar: O’zR 14.04.1999 y. 756-1-son " Lizing to’g’risida"gi qonuni 4-modda, 3-qism)
- Logotip - maxsus ishlab chiqilgan, original tarzda chizilgan kompaniyaning to’liq yoki qisqartirilgan nomi (yoki ushbu kompaniyaning mahsulotlari guruhi).
- Lombard - shaxsiy iste’molga mo’ljallangan ko’char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beruvchi kredit tashkiloti. (Qonunlar: Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari (АV 10.12.2003 y. 1290-son), I-bo’lim)
M
- Ma'muriy tartibga solinadigan narxlar – bozor mexanizmlari (talab va taklif) asosida shakllanmaydigan, aksincha hukumat idoralari, tashkilotlar va korxonalar orqali alohida turdagi mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni ma'muriy yo‘l bilan tartibga soladigan narxlar.
- Majburiy zaxiralar - bu boshqa depozit tashkilotlarining Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvaraqlaridagi mablag‘lari.
- Majburiy zaxiralarning me’yoriy hajmi - banklar tomonidan Markaziy bankka topshiriladigan majburiy rezervlar summasi. Majburiy zaxiralarning me’yoriy summasi majburiy zaxiralar me’yorini so’ndirilgan majburiyatlar bo’yicha rezervlarning o’rtacha summasiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi. (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 y. O’RQ - 580-son. “Bank va bank faoliyatlari to’g’risida”gi, 40-modda)
- Makroprudensial choralar (ingl. macroprudential policy) – moliya sektori yoki uning alohida sohalarida tizimli riskni minimallashtirishga qaratilgan faol tadbirlar majmui.
- Maosh - tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov. Oylik maoshning qiymati ishchining malakasi, ishning hajmi, sifati va qiyinligiga qarab ish beruvchining mehnatga haq to’lash tizimiga asosan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas. (Qonunlar: O’zR Mehnat kodeksi, 67, 110, 162, 163, 279-moddalar)
- Markaziy bank - pul-kredit yoki monetar siyosat orqali mamlakatdagi narxlarning, bank tizimining, to’lov tizimlari ishlashining, iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash maqsadida pul emissiyasi, pul va kredit miqdorini boshqaradigan moliyaviy tashkilot. (Qonunlar: O’zR 11.11.2019 y. O’zR-582-sonli, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to’g’risida”gi Qonuni, 3,5-moddalari)
- Markaziy bankning foiz siyosati – Markaziy bank pul–kredit siyosatining bir qismi bo‘lib, uning yordamida Markaziy bank moliyaviy resurslarning qiymati va iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek aholi va biznes subyektlarining moliyaviy va investitsion qarorlariga ta'sir qiladi. Foiz siyosati aktivlarning milliy valyutadagi real ijobiy foiz stavkalarini ta'minlash maqsadiga qaratiladi. Markaziy bank foiz stavkasi o‘zgartirilishi iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga ta'sir ko‘rsatib, investitsiyalar va jamg‘armalar o‘zgarishiga ta'sir etadi, bu o‘z navbatida, yalpi talab shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
- Markaziy bankning valyuta intervensiyalari – Markaziy bank tomonidan monetar oltinni sotib olish natijasida vujudga kelgan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish, shuningdek milliy valyuta kursining keskin o‘zgarishini oldini olish maqsadida Markaziy bankning valyuta sotib olish va sotish orqali valyuta bozoridagi ishtiroki.
- Maxsus qarz olish huquqi - XVJ tomonidan yaratilgan Xalqaro rezerv aktivi bo’lib, XVJning a’zolariga ularning rasmiy rezervlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi.
- Maxsus qarz olish huquqi (SDR) – Xalqaro valyuta jamg’armasi tomonidan jamg’arma a’zolarining mavjud zaxiralarini to’ldirish uchun yaratilgan xalqaro zaxira. Maxsus qarz olish huquqi egalari faqat Xalqaro valyuta jamg’armasigа a’zo pul-kredit tashkilotlari va ayrim vakolatli xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi. Maxsus qarz olish huquqiga egalik qilish Xalqaro valyuta jamg’armasining boshqa a’zolaridan valyuta yoki boshqa zaxira aktivlarini olish uchun shartsiz huquqlarni anglatadi.
- Mehnat haqining eng kam miqdori - muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to’liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oz bo’lishi mumkin emas. (Qonunlar: O’zR Mehnat koeksi, 155-modda)
- Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam oylik ish haqi miqdorining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag’larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin. (Qonunlar: O’zR 15.09.2006 y. O’RQ-50-son "Mikromoliyalash to’g’risida"gi Qonuni, 4-modda)
- Mikrolizing - banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turi. Bunda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot lizing oluvchi (qarzdor)ning buyurtmasiga asosan lizing sotuvchi (uchinchi taraf)dan mol-mulk sotib olish, unga egalik qilish va undan foydalanish shartlari asosida qarzdorga lizingga sotadi. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. (Qonunlar: O’zR 15.09.2006 y. O’RQ-50-son "Mikromoliyalash to’g’risida"gi Qonuni, 6-modda)
- Mikrozaym - mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo’lgan qarz oluvchiga eng kam oylik ish haqi miqdorining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’lari. (Qonunlar: O’zR 15.09.2006 y. O’RQ-50-son "Mikromoliyalash to’g’risida"gi Qonuni, 5-modda)
- Milliy valyutadagi pul massasi o‘z ichiga pul massasi (M1) hamda milliy valyutadagi boshqa depozitlarni oladi.
- Moliya - fondlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning umumlashgani. Jamoat, korporativ va shaxsiy moliya turlari mavjud.
- Moliya bozori - qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho metallar, valyutalar va boshqa investisiya vositalarini qarz olish, berish, sotib olish va sotish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Moliya bozoriga fond bozori (qimmatli qog’ozlar bozori), hosilalar bozori, pul va valyuta bozorlari va sug’urta bozori kiradi. Moliya bozori ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari banklararo bozorda bo’lgani kabi ayirboshlash orqali yoki tashkilotlar o’rtasida shartnomalar tuzish orqali amalga oshishi mumkin. Moliya bozori ishtirokchilari yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatadi. Moliya bozorlari tarkibida tartibga soluvchi organlar alohida o’rin tutadi.
- Moliya tizimi – turli xil moliyaviy vositalar yordamida davlat, tashkilotlari va aholining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta'minlaydigan moliyaviy tashkilotlar va moliya bozorlari majmui. Bunda, moliyaviy institutlar (bozorlar va moliyaviy tashkilotlar) cheklangan moliyaviy resurslarni bir xo‘jalik yurituvchi subyektlaridan boshqalariga qayta taqsimlaydilar.
- Moliyaviy agent - pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish bo’yicha shartnomalar tuzish huquqi (lisenziya) ga ega bo’lgan banklar va boshqa kredit hamda tijorat tashkilotlari. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 3-bob, 751-758-moddalar)
- Moliyaviy barqarorlik – resurslarni qayta taqsimlashni va moliyaviy tavakkalchilikni boshqarishni ta'minlagan holdagi moliyaviy tizimning o‘z funktsiyalarini samarali bajaradigan, moliya bozorida (uning segmentlarida) haddan tashqari o‘zgaruvchanlik bo‘lmagan, hisob–kitoblarning uzluksizligi ta'minlangan, va shuningdek salbiy shoklar ta'sirini bartaraf eta oladigan va stress holatidan qayta tiklana oladigan, shuningdek, moliya tizimining favqulotda holatlarda faoliyat ko‘rsata oladigan moliya tizimining holatidir.
- Moliyaviy firibgarlik - noqonuniy boyitish maqsadida aldash, ishonchni suiiste’mol qilish va boshqa manipulyasiyalar orqali moliya bozorida noqonuniy harakatlarni sodir yetish.
- Moliyaviy savodxonlik - to’g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilish, shuningdek shaxsiy moliyaviy barqarorlikka erishish uchun zarur bo’lgan moliyaviy bilim, ko’nikma, munosabat va hatti-harakatlarning jamlanmasi. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 23.03.2018 y. PQ-3620 “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori 2,7-bandlar)
- Moliyaviy xavfsizlik - ish joyini yo’qotish, kasallik yoki avariya kabi kutilmagan holatlar tufayli daromad yo’qotilganda naqd pul va boshqa qimmatliklar zaxirasi. Moliyaviy xavfsizlik aniq maqsadi barcha sharoitda hayot maqbul standarti saqlab qolish uchun yordam berish. Uning hajmi oila yoki fuqaroning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Odatda, bu maqsadlar uchun kamida 3-6 oylik daromad miqdori bo’lishi tavsiya yetiladi. Havo yostiqchasining shakllanishi ish haqi yoki boshqa manbalar shaklida olingan daromadlardan pul mablag’larini muntazam kechiktirish bilan bog’liq.
- Moliyaviy xizmatlar - bank operatsiyalari va bitimlari, sug’urta xizmatlari, qimmatli qog’ozlar bozorida xizmatlar ko’rsatish, moliyaviy ijara bitimlarini va pul mablag’larini va qimmatli qog’ozlarni boshqarisho’ bo’yicha ishonch shartnomalarini tuzish kabi moliyaviy xizmatlar.
- Monetar oltin – pul-kredit tashkilotlari (yoki monetar tashkilotlarni samarali boshqaradigan boshqa subyektlar) boshqarish huquqiga ega bo’lgan va ular tomonidan zaxira aktivlari sifatida saqlanadigan oltin.
- Muammoli kreditlar – sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan kreditlar.
- Muomaladagi (bank tizimidan tashqaridagi) naqd pullar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan barcha naqd pullar bo‘lib, bunda Markaziy bank hamda tijorat banklari kassalaridagi milliy valyutadagi naqd pullar hisobga olinmaydi.
- Muomaladagi naqd pullar (M0) Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar bo‘lib, bunda Markaziy bank hamda tijorat banklari kassalaridagi milliy valyutadagi naqd pullar hisobga olinmaydi.
N
- Naqdsiz pullar - hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan u yoki bu hisobvaraqda saqlanadigan pul mablag’lari.
- Narx - qandaydir tovar yoki xizmat uchun taklif etilayotgan, so’ralayotgan yoki to’langan pul summasi. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartini tasdiqlash to\g’risida «Baholashning umumiy tushunchasi va prinsiplari» (АV 24.07.2006 y. 1604-son), 3-bo’lim)
- Narx belgilash - tovarlar narxini va umuman narx tizimini shakllantirish jarayoni. Erkin bozorda narxlash jarayoni o’z-o’zidan sodir bo’ladi, narxlar raqobat muhitida talab va taklif ta’siri ostida shakllanadi. Investisiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati tanlov (tender) savdolari natijalariga ko’ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar orqali belgilanadi. (Qonunlar: O’zR 09.12.2014 y. O’RQ-380-sonli "Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi qonuni, 14-modda)
- Nomonetar oltin - Monetar oltindan (pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi organlarga tegishli bo’lgan va rezerv aktivlari sifatida saqlanuvchi quyma oltinlar) boshqa hamma oltinni o’z ichiga oladi. Tarkibida oltin bo’lgan zargarlik buyumlari, ularning qismlari va h.k. nomonetar oltin hisoblanmaydi, ular tovarlar eksporti va importida aks ettiriladi.
- Norezident - boshqa mamlakatda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs; boshqa mamlakatda doimiy yashovchi jismoniy shaxs; xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs bo’lmagan korxona va tashkilotlar; mamlakatda joylashgan xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar, shuningdek xalqaro tashkilotlar, ularning filiallari va vakolatxonalari; O’zbekiston Respublikasi soliq rezidenti bo’lmagan shaxslar. (Qonunlar: O’zR Soliq kodeksi, 30-modda)
O
- O’rtachalash koeffitsiyenti - majburiy rezervlar normativ miqdorining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’ida saqlanadigan o’rtachalashtirilgan miqdorini aniqlashda foydalaniladigan qiymati 0 dan 1 gacha bo’lgan koeffitsiyent.
- O’zbekiston banklar assosiyasiyasi - O’zbekiston Respublikasi banklari hamjamiyati manfaatlarini ifoda etuvchi nodavlat tashkilot. Respublika tijorat banklarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish hamda ularga atroflicha ko’mak ko’rsatish maqsadida tashkil etilgan tijorat banklarining ixtiyoriy birlashmasi.
- O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag’lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’RQ-387-son "Qimmatli qo’g’ozlar bozori to’g’risida "gi Qonuni, 3-modda)
- O’zgaruvchan valyuta kursi - chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanishi. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 8-modda)
- Obligasiyalar - emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib, u obligasiyani saqlovchining obligasiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligasiyani chiqargan shaxsdan obligasiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligasiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo’lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi (2-qism), 3-bo’lim, 41-bob, 741-modda)
- Offshor hudud - imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko’zda tutuvchi davlatlar va hududlar. Bunday hududlarda ro’yxatdan o’tuvchi norezident chet el korxonalari faqatgina ro’yxatdan o’tganlik uchun to’lov to’laydi. (Qonunlar: Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirishda terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ikki nazorat qoidalari (АV 23.05.2017 y., 2886-sonli Qarorga ilova ), 1-band)
- Omma (jamoat) moliyasi - pul mablag’larini shakllantirish va ulardan davlat faoliyatini ta’minlash uchun foydalanish tizmini tashkillashtirish.
- Omonat (Depozit) - omonatlar jismoniy shaxslar, depozitlar yuridik shaxslar tomonidan saqlash va daromad olish maqsadida bankning maxsus hisobvaraqlarida qo’yiladigan milliy yoki horijiy valyutadagi pul mablag’lari. Mijoz va bank o’rtasida tuzilgan omonat shartnomasiga muvofiq har qanday omonat turi (muddatli va talab qilib olunguncha) uchun foizlar to’lanishi ta’minlanadi. Omonatlar bo’yicha xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli lisenziyasiga ega bo’lgan, banklardagi jismoniy shaxslarning omonatlarini majburiy sug’urta qilish tizimida ishtirok etgan, Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg’armasida ro’yxatdan o’tgan banklar tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan, omonatlarning saqlanishi nafaqat bankning o’zi, balki davlat tomonidan depozitlarni kafolatlash tizimi orqali ham kafolatlanadi. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 43-Bo’lim)
- Omonat daftarchasi - omonat bo’yicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo’yicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat. Masofadan xizmat ko’rsatish tizimlari (bank mobil ilovasi) orqali elektron oferta asosida qo’yilgan omonatlar bo’yicha omonat daftarchalari ochilmaydi. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi banklarida deposit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma (АV 26.08.2015 y. 2711-son), 7-bob)
- Omonat/depozit sertifikatlari - egasining nomi yozilgan blanka ko’rinishidagi qimmatli qog’oz bo’lib, bankka qo’yilgan omonat summasini, foizlarini, muddatini o’zida aks ettiradi va sertifikat egasiga omonatning muddati tugaganda bankning istalgan filialidan omonat summasi va unga hisoblangan foizlarni qo’shib olish huquqini beradi. Omonat sertifikati jismoniy shaxslarga beriladi, depozit sertifikati esa yuridik shaxslarga beriladi. Markaziy bank depozit sertifikatlari egalari O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan tijorat banklari va boshqa yuridik shaxslar bo’lishi mumkin. (Qonunlar: O’zR Markaziy banki deposit sertifikatlari to’g’risida Nizom (AV 23.09.2008 y. 1858-son); O’zR O’RQ-387-son 03.06.2015 y. «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonuni,3-modda)
- Onlayn to’lovlar - naqd pul yordamida holda onlayn yoki mobil ilova orqali tovarlar yoki xizmatlar uchun to’lov qobiliyati. agar hisob yoki Bank kartasi dasturiy biriktirilgan bo’lsa, ushbu operatsiya veb-sayt yoki mobil to’lov dasturida amalga oshiriladi.
- Overdraft - forma kratkosrochnogo kredita, osushestvlyaemogo spisaniem sredstv po schetu klienta sverx ostatka na nem. V rezul’tate obrazuetsya debetovoe sal’do. Predostavlyaetsya bankami naibolee nadejnim klientam po dogovoram, gde ustanavlivayutsya: maksimal’naya summa overdrafta, usloviya predostavleniya i poryadok pogasheniya. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi naqd pulsiz hisob kitoblar to’g’risidagi nizom (АV 03.06.2013 y. 2465-son), 122-band)
- Overdraft kreditlari - mijozning hisobvarag’idagi mablag’larni u bo’yicha balansdan ortiqcha debetlash yo’li bilan amalga oshiriladigan qisqa muddatli kredit shakli. Natijada debet balansi (qoldig’i) paydo bo’ladi. Overdraft kreditlari tijorat banklari tomonidan kreditning maksimal qiymati, kredit ajratish shartlari va to’lov jadvali aks ettirilgan shartnomaga asosan ishonchli mijozlarga ajratiladi.
- Overdraft limiti - bank mijozi hisobvarag’ida o’z mablag’lari yetarli bo’lmaganda ishlatishi mumkin bo’lgan overdraft krediti summasining maksimal qiymati. Mijozning bank plastik kartasidagi pul aylanmasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda overdraft limiti har bir mijoz uchun alohida belgilanadi.
P
- Plastik karta - barcha turdagi to’lov kartalarini nazarda tutish uchun qo’llaniladigan umumiy atama. Bank tomonidan chiqariladigan, personalizasiyalangan, to’lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o’z saqlovchisiga bank hisobvarag’idagi mablag’lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to’lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag’larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi. (Qonunlar: “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizom , (АV 03.06.2013 y. 2465-son), 106-band)
- Profisit - muayyan davrda budjet daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi. Uy xo’jaligida, barcha ehtiyojlar qondirilgandan keyin ortadigan pul mablag’laridir. Bunday pul mablag’larini moliyaviy jihatdan savodxon fuqaro investisiya kiritishga, bankdan omonat ochishga yoki sug’urta kompaniyalarining xizmatlaridan unumli foydalanishga yo’naltiradi. (Qonunlar:O’zR budjet kodeksi, 3-modda)
- Prudensial nazorat - bank faoliyatining o’ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida banklar faoliyati ustidan Markaziy bank tomonidan olib boriladigan nazorat. (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 y. O’RQ-580-sonli «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, VI-bob)
- Pul bazasi Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullarni, boshqa depozit tashkilotlarining Markaziy bankdagi vakillik va majburiy zaxira hisobvaraqlaridagi mablag‘larni hamda boshqa sektorlarning Markaziy bankdagi depozitlaridagi mablag‘larini o‘z ichiga oladi.
- Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va banklar hisobvaraqlaridagi depozit mablag‘larining yig‘indisi. Pul massasini tahlil qilish maqsadida likvidlik darajasiga qarab turli xil pul agregatlari hisoblanadi: M0 – muomaladagi naqd pullar; M1 – M0 + milliy valyutadagi talab qilib olinadigan depozitlar; M2 – M1 + muddatli, jamg‘arma va milliy valyutadagi boshqa depozitlar + xorijiy valyutadagi depozitlar.
- Pul massasi (M1) muomaladagi naqd pullar va milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlarni ifodalaydi.
- Pul muomalasi - pul mablag’larining naqd va naqd bo’lmagan shaklidagi aylanmasi bo’lib, u tovar, shuningdek to’lovlar va hisob-kitoblar aylanmasini ta’minlaydi. (Qonunlar: O’zR Prezidentining 15.04.2005 y. PQ-57-son " Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi Qarori)
- Pul o’tkazmasi - bank va pochta xizmatlari, pul o’tkazmasi tizimlari, shuningdek onlayn-xizmatlari yordamida bir shaxsdan boshqa bir shaxsga yuboriladigan pul jo’natmasi. (Qonunlar: O’zR 01.11.2019 y. O’RQ-578-son "To’lov va to’lov xizmatlari to’g’risida»gi Qonuni, 14-modda, O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-son "Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni, 10-modda)
- Pul–kredit siyosati – ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosatning bir qismi. Pul–kredit siyosati pul–kredit instrumentlaridan foydalanish orqali bank tizimidagi likvidlik hajmini, foiz stavkalari va boshqa monetar ko‘rsatkichlarni belgilangan darajada ushlab turish uchun amalga oshiriladi.
- Pul–kredit siyosatining transmission (uzatish) kanallari – pul–kredit siyosati sohasidagi qarorlarning narxlar dinamikasi va iqtisodiyotga ta'sir qilish kanallari. Markaziy bank foiz stavkasi o‘zgarilishi yoki o‘zgarishsiz qoldirilishi va uning kelgusidagi traektoriyasi to‘g‘risidagi signalining moliyaviy bozor segmentlaridan iqtisodiyotning real sektoriga va natijada inflyatsiya darajasiga asta–sekinlik bilan tarqalish jarayoni. Foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotga quyidagi asosiy kanallar orqali uzatiladi: foiz, kredit, valyuta, aktivlar narxi va kutilmalar kanallari.
Q
- Qayta moliyalash - tijorat banklarida bank resurslari tugaganda va boshqa manbalar (masalan, bankalararo kredit bozori va qimmatli qog’ozlar bozori) orqali pul mablag’larini jalb etish imkoniyati bo’lmaganda Markaziy bank tomonidan ularga qarz mablag’larini ajratilishi. Tijorat banklari jalb qilgan qarz mablag’lariga (ichki va tashqi) bankning marjasini qo’shgan holda mijozlariga va boshqa banklarga kredit/qarz sifatida ajratishi.
- Qimmatli qog’oz - hujjatlar bo’lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’zR-387-son «Qimmatli Qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonuni, 3-moddа)
- Qimmatli qog’ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog’ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog’liq munosabatlari tizimi moliyaviy bozor turlarining biri bo’lib, unda qimmatli qog’ozlar savdosi (qimmatli qog’ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi) yuritiladi. Bu yerda tadbirkorlar, investorlar qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligasiyalar va b.)ning oldi-sotdisiga doir bitimlar amalga oshiriladi. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y. O’zR-387-son «Qimmatli Qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonuni, 3-moddа)
- Qisqa muddatli majburiyatlar – bankning 1 yil muddatgacha bo’lgan majburiyatlari.
- Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) - ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yaratilgan va sotilgan tovarlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomalalar xarajatlariga taalluqli moddiy xarajatlar qiymati o’rtasidagi farq sifatida belgilangan qo’shilgan qiymat qismining budjetga chiqarilish shakli.
R
- Real effektiv ayirboshlash kursi (inglizcha Real effective exchange rate) – Mamlakat asosiy savdo hamkorining mahsulotlariga nisbatan ichki tovarlarning narx raqobatbardoshligi o'zgarishidan dalolat beruvchi hisob-kitob valyuta kursi. Real effektiv ayirboshlash kursining iqtisodiy mazmuni savdo hamkor mamlakatlaridagi inflyatsiya darajasiga qayta moslashtirilgan ayirboshlash kursining o'zgarishini aks etishidan iborat.
- Regulyativ kapital - bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo’li bilan aniqlanadigan bank kapitali.
- Rekvizitlar - normativ-huquqiy hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, chek, veksel’)da ko’rsatilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar (hujjat turi va nomi, raqami, qabul qilingan joy va sanasi, to’lov summasi, to’lovchining nomi va boshqalar). (Qonunlar: O’zR 24.12.2012 y., O’RQ-342 "Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi Qonuni, 25-modda)
- REPO operatsiyalari – tijorat banklarining qisqa muddatli qarz olish uchun qayta sotib olish kelishuvi asosida davlat qimmatli qog‘ozlarini Markaziy bankka sotish operatsiyalari yoki Markaziy bankning pul taklifi va bank rezervini boshqarish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni tijorat banklariga sotish operatsiyalari (bunda, davlat qimmatli qog‘ozlari garov vazifasini o‘taydi).
- Reval’vasiya - milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadri oshishi.
- Rezident - mamlakat qonunchiligi to’liq tadbiq etiladigan va ushbu mamlakatda ro’yxatdan o’tgan yuridik va jismoniy shaxslar. (Qonunlar: O’zR Soliq kodeksi , 19-modda)
S
- Shartnoma - ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 353-modda)
- Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’I - fuqaroning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisobvarag’i bo’lib, badal kirituvchilarning jamg’arib boriladigan pensiya badallari va ulardan jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari to’lanadigan shaxsiy jamg’arib boriladigan hisobvaraqlaridagi mablag’larga hisoblab qo’shilgan foizlar ana shu hisobvarag’iga kelib tushadi va unda hisobga olinadi. (Qonunlar: Xalq banki tomonidan fuqarilarni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom (VМning 21.12.2004 y.dagi 595-son qaroriga 1-ilova ), 2-band, 3-xatboshi)
- Shaxsiy moliya - uy a’zolarining turmushini ta’minlash uchun mablag’larni olish va ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarning jamlanmasi.
- Shaxsiy sug’urta shartnomasi - mazkur shartnoma bo’yicha bir taraf (sug’urtalovchi) boshqa taraf (sug’urta qildiruvchi) to’laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta qildiruvchining o’zining yoxud shartnomada ko’rsatilgan boshqa fuqaro (sug’urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to’lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug’urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug’urta pulini) bir yo’la yoki vaqti-vaqti bilan to’lab turish majburiyatini oladi. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 921-modda)
- ShIR-kod (Pin-kod) - bank kartasi egasining shaxsiy identifikasiya raqami bo’lib, u karta hisobvarag’idagi pul mablag’larini boshqarish huquqini, hamda mablag’larni boshqarishga bank kartasining egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi. (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 30.04.2004 y. 1344-son), 1-band, "ch")
- Smeta - budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida smeta bu budjet tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan mablag’larning hajmi, maqsadli yo’nalishi va har chorakda taqsimlanishini belgilaydigan moliyaviy rejalashtirish to’g’risidagi akt; fuqarolik qonunchiligida esa kelgusidagi pul harajatlarining batafsil hisob rejasi tushiniladi.
- Sof kreditor - Aktivlari majburiyatlaridan ko’proq bo’lgan iqtisodiy subyekt.
- Sof ochiq valyuta mavqei – bankning xorijiy valyutada ifodalangan talablari summasining xorijiy valyutadagi majburiyatlari summasi o’rtasidagi farqi.
- Sof qarzdor - Majburiyatlari aktivlaridan ko’proq bo’lgan iqtisodiy subyekt.
- Soliq rezidentlari - tegishli maqomga ega, soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o’n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar’ kundan ko’proq O’zbekiston Respublikasida haqiqatda bo’lgan jismoniy shaxslar. (Qonunlar: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, 30-modda)
- Soliq to’lovchining idenfikasiya raqami (STIR) - hisobga olishda har bir soliq to’lovchiga O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona bo’lgan Soliq organi tomonidan beriladigan qayd raqami. STIR soliq organlariga taqdim etiladigan barcha hujjatlarda, hisob-kitob va to’lov hujjatlarida, yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo’jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida va qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda ko’rsatilishi majburiydir. (Qonunlar: O’zR Soliq Kodeksi, 127-modda)
- Soxtalashtirish (Qalbakilashtirish) - mahsulot, savdo belgisi va shu kabilarni soxtalashtirish, qasddan qalbakilashtirish; mahsulotning tashqi ko’rinishini saqlagan holda mahsulot sifatini qasddan yomonlashtirish. (Qonunlar: O’zR 05.05.1994y. 1054-XII-son "Bankrotlik to’g’risida»gi Qonuni, 190-modda)
- SPOT - birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari; valyutaviy svop amaliyotlarida esa spot bitimi svop bitimining birinchi qismi bo’lib, valyutalarning dastlabki almashinuvi amaliyoti tushiniladi. (Qonunlar: O’zR 12.09.2014 y. O’RQ-375 "Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 16-modda)
- Ssuda - ssuda shartnomasiga asosan bir taraf ikkinchi tarafga o’zining pul yoki moddiy boyliklarini ustiga foizlarini qo’shib to’lagan holda qaytarish sharti bilan beradigan qarz mablag’lari.
- Stress–test o'tkazish (inglizcha stress testing) – moliya tashkilotlari, ayrim sektorlar, bozorlar yoki umuman moliya tizimining risklarini tahlil qilish va ularni istisno ammo ehtimoliy shoklarga chidamliligini baholash usuli.
- Subsidiya (lotincha subsidium – yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash) – bu davlat byudjeti yoki maxsus fondlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga, mahalliy organlarga yoki boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki moddiy (masalan, asbob-uskuna) ko‘rinishdagi yordamdir. Subsidiya davlat tomonidan ma'lum bir sohalarni rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Lekin, ajratilgan subsidiya suiiste'mol qilinganligi aniqlansa, davlat qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda uni qaytarib olishi mumkin.
- Sug’urta - yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shuningdek sug’urtalovchining boshqa mablag’laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish. (Qonunlar: O’zR 05.04.2002 y. 358-II-son "Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 3-modda)
- Sug’urta polisi - sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta qildiruvchiga shaxsan beriladigan sug’urta shartnomasini haqiqiyligini tasdiqlaydigan va shartnoma shartlarini o’zida to’liq aks ettiruvchi hujjat. (Qonunlar: O’zR Fuqarolik kodeksi, 917, 930, 931-moddalar)
- SVOP - ma’lum bir vaqt oralig’ida xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi amalga oshirilgan sanada kelishilgan kursda xorijiy valyutalarni qayta almashtirishga doir bitimlar; qimmatli qog’ozlarni bir vaqtning o’zida almashtirish amaliyoti. (Qonunlar: O’zR 12.09.2014 y. O’RQ-375 "Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 16-modda; O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida Nizom (АV 24.07.2008 y. 1839-son), 1-band, 8-xatboshi)
T
- Ta’sischilar - aksiyadorlik jamiyatlari, fond, birlashma, birja va boshqa tashkilotlarning asoschilari. (Qonunlar: O’zR 29.08.2003 y. 527-II-son "Jamoat fondlari to’g’risida»gi , 10-modda)
- Tashqi savdo aylanmasi - Oy, chorak, yil kabi ma’lum bir muddat davomida davlat, davlatlar guruhi yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning (viloyatlarning) tashqi savdo hajmini aks ettiruvchi pul bilan o’lchanadigan iqtisodiy ko’rsatkich. U eksport va import qiymatlarining yig’indisiga teng.
- Tender - tovar va xizmatlarni sotib olish bo’yicha buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan hamda tender hujjatlari mezonlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan arizachilar o’rtasida raqobat yarata oladigan tanlov savdosi shakllaridan biridir.
- Terminal - bank sohasida bank kartasi egasiga to’lov operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo’yicha «slip»larni shakllantiruvchi stasionar yoki mobil qurilma. Birja faoliyati doirasida esa bu birja a’zosida mavjud bo’lgan va elektron savdo tizimiga ulangan maxsus dasturiy ta’minotga ega komp’yuterdir. (Qonunlar: Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularnining O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lish tartibi to’g’risidagi Nizom (АV 16.04.2019 y. 1344), 1-band, "u"; Qonunlar: Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari to’g’risidagi Nizom (АV 24.08.2006 y. 1618-son), 3-band)
- Tijorat banklarining majburiy zahiralari - kredit muassasalarining Markaziy Bank bilan korrespondentlik hisobida majburiy zahira sifatida saqlashlari lozim bo’lgan mablag’lari. Banklarning joylashtirilgan omonatlar bo’yicha majburiyatlarini ta’minlash, shuningdek muomaladagi pul miqdorini tartibga solish bo’yicha majburiy zaxira tizimi joriy etilgan. (Qonunlar: O’zR 05.11.2019 y. O’RQ-580-son. «Bank va bank faoliyatlari to’g’risida»gigi , 40-modda)
- Tizimli xatarlar - moliya bozorining alohida ishtirokchisi yoki ishtirokchilar guruhi bilan bog‘liq xatarlardan farqli, butun moliya tizimi yoki moliya bozori faoliyatini qulash xavfi.
- To‘lov balansi – ma'lum vaqt davomida rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi barcha iqtisodiy bitimlarni aks ettiruvchi statistik hisobot.
- Transchegaraviy pul o‘tkazmalari – pul mablag‘larini mamlakatga yoki mamlakat tashqarisiga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali o‘tkazish.
U
- Ustav kapitali (fond) - ta’sis hujjatlari va qonunchilikka asosan tijorat korxonalari (xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari)ni tashkil etishda pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk ko’rinishida kiritilgan mablag’lar. (Qonunlar: O’zR 11.12.2003y . 558-II-son "Xususiy korxona to’g’risida»gi Qonuni, 12, 13-moddalar)
- Uzoq muddatli pullar – iqtisodiyot va moliya sohasida uzoq muddatli (bir yildan ortiq) qarzlar (investitsiyalar) yoki uzoq muddatli kreditlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan ibora.
V
- Vakillik hisobvaraqlardagi mablag‘lar boshqa depozit tashkilotlarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari.
- Valyuta - turli xil davlatlarning pul birligining umumiy nomi. Valyuta u yoki bu mamlakat ichki hududida qabul qilingan milliy valyuta, boshqa mamlakat tomonidan chiqarilgan horijiy valyuta va bir necha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan kollektiv valyuta (masalan, yevro) bo’lishi mumkin. Milliy valyuta mamlakat hududida qonuniy to’lov manbai hisoblanib, uning haqiqiyligi hukumat tomonidan muhofaza etiladi. O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m. Valyuta boshqa davlat valyutasiga ayirboshlash imkoniyatiga qarab, erkin konvertayasiya qilinadigan, qisman konvertayasiya qilinadigan va konvertayasiya qilinmaydigan valyuta turlariga bo’linadi. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta ayirboshlash shoxobchasi - jismoniy shaxslarning naqd yoki xalqaro to’lov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash, xalqaro to’lov kartalardagi mablag’larni naqd shaklda yechib berish va jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarini, shuningdek xorijiy valyutadagi pul birliklarini inkasso va ekspertizaga qabul qilish xizmatlarini ko’rsatuvchi turg’un shoxobcha. (Qonunlar: Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi Nizom, (АВ 29.06.2018 y., 3029-son))
- Valyuta bozori - valyuta oldi-sotdi operatsiyalari jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Valyuta bozori operatsiyalari faqat bu bilan cheklanmay, turli xil moliyaviy vositalardan foydalangan holda, valyuta narxini kelishuv paytida belgilab, kelajakda valyuta yetkazib berishni nazarda tutish kabi murakkab operatsiyalarni ham o’z ichiga oladi. O’zbekistonda chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari faqat vakolatli banklar orqali amalga oshiriladi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nazorat qilinadi. Omma orasida valyuta bozori operatsiyalarida ishtirok etishning eng keng tarqalgan usuli bu ayirboshlash shohobchalarida valyuta ayirboshlash operatsiyalaridir. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta inqirozi – valyuta bozoridagi almashuv kurslarining keskin tebranishlari, mamlakat valyuta zaxirasining tugab borishi va to‘lov balansining muvozanatlashmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan keskin vaziyatlar bilan bir qatorda valyuta–kredit sohasidagi nomutanosibliklarning ortib borishi.
- Valyuta kursi - chet el valyutasining O’zbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta operatsiyalari - valyuta qimmatliklariga bo’lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o’tishi bilan bog’liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to’lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo’natish va o’tkazish, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo’natish va o’tkazish, rezidentlar va norezidentlar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta qimmatliklari - chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlar va to’lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo’lmagan qimmatli qog’ozlar, sof quyma oltin. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta siyosati - Markaziy bankning iqtisodiy o’sishni ta’minlash, to’lov balansini boshqarish, ishsizlikni kamaytirish va inflyasiyaning milliy valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta’sirini pasaytirish maqsadida olib boradigan chora-tadbirlari. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Valyuta zahiralari - hukumatning to’lovlilik qobiliyatini belgilovchi konvertasiya qilinadigan valyutadagi hukumat zahiralari va fondlari.
- Valyutalash sanasi - valyuta operatsiyalari bo’yicha bitim shartlarini bajarish sanasi. (Qonunlar: O’zbekiston Respublika banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida Nizom (O’zR AV 24.07.2008 y. 1839-son), 1-band, 7-xatboshi)
- Valyutani nazorat qilish - valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati. (Qonunlar: O’zR 22.10.2019 y. O’RQ-573-sonli «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni, 4-modda)
- Vaqt tafovuti (lag) – bir iqtisodiy hodisani unga bog‘liq bo‘lgan boshqa iqtisodiy hodisaga ma'lum vaqt kechikish bilan ta'sir qilish ko‘rsatkichi; ikkita bog‘liq hodisa yoki hodisalarning yuzaga kelishi o‘rtasidagi oraliq vaqt.
- Veksel - veksel’ beruvchining yoxud vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel’ egasiga muayyan summani to’lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. Ikki xil veksel’ turi mavjud: oddiy va transfer. (Qonunlar: O’zR 03.06.2015 y O’zRQ-387-sonli “Qimmatli Qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonuni, 3-modda)
X
- Xalqaro investitsion pozitsiya (XIP) – makroiqtisodiy tushuncha bo’lib, mamlakatning norezidentlar oldidagi moliyaviy aktiv va majburiyatlarining umumiy hajmi va tuzilishini aks ettiradi.
- Xalqaro valyuta jamg’armasidagi zaxira pozitsiyasi – bu zahira transhi summasi, ya’ni a’zo mamlakat qisqa vaqt ichida Xalqaro valyuta jamg’armasidan tomonidan olishi mumkin bo’lgan chet el valyutasining miqdori (maxsus qarz olish huquqi bilan birga).
- Xedjlash (valyuta va boshqa xatarlarni sug’urtalash) - valyuta va boshqa risklarni tashqi savdo va kredit operatsiyalari orqali sug’urtalash, savdo yoki kredit bitimi valyutasidagi o’zgarishlar, ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va boshqalar. (Qonunlar: O’zR Markaziy Bankining 25.10.2004 y. 1419-sonli “O’zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizomi, 1-ilova , 5-band)
- Xolding - Turli xil korxonalarning faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va dividend ko’rinishida daromad olish maqsadida korxonalarning nazorat aksiya paketlarini sotib olish shaklidagi biznes. Ko’p hollarda, xolding kompaniyasi nazorat aksiya paketlarining ishlash mexanizmi orqali ta’sir o’tkazgan holda, hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. (Qonunlar: O’zR Vazirlar Mahkamasining 12.10.1995 y. 398-sonli “Xoldinglar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori , 1-band)
Y
- Yalpi ichki mahsulot deflyatori – ma'lum bir davr mobaynida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan tovar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasini o‘zgarishi.
- Yuridik shaxs - o’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlaydigan tashkilot (tijoratchi tashkilot) yoki foyda ko’rishni asosiy maqsad sifatida qo’ymaydigan tashkilot (notijorat tashkilot). (Qonunlar: O’zR Fuqarolik Kodeksi (1-qism), 40-modda)