16-17-18 aprel kunlari Moliya Bozori Ishtirokchilari Milliy Uyushmasi (NAUFR) tomonidan Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning buxgalteriya xizmati rahbarlari uchun malaka oshirish kurslari bo’lib o’tdi.
Buxgalteriya kurslari 3 kun davomida samarali tashkil etildi. Ushbu kurslarda sohaga oid dolzarb mavzular ko’tarilib, amaliy va nazariy mashg‘ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi, o‘quv jarayonida lotereya o’yini orqali faol qatnashchilar aniqlanib, maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi. Kurslar yakunida tinglovchilarning kasbiy malakasi oshdi, ularning amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ushbu kurslar buxgalterlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularni sohadagi yangiliklardan xabardor etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, belgilangan vazifalar to‘liq bajarildi.