Yangiliklar

2026 yil 27–28 may kunlari Toshkent shahrida Xalqaro PLAS-Forum “Digital Uzbekistan” bo‘lib o‘tadi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbir bo‘lib, davlat xizmatlarining raqamli transformatsiyasi, moliya sohasi, to‘lov infratuzilmasi va fintex-ekotizimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

O‘tgan besh yil davomida Forum bank sektori, tartibga soluvchi organlar, IT-sanoati, elektron tijorat, chakana savdo va fintex kompaniyalari vakillari, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari hamda xalqaro texnologik va infratuzilmaviy hamkorlar uchrashadigan nufuzli mintaqaviy maydonga aylandi.

Forumning strategik vazifasi — “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli iqtisodiyot va davlatning xalqaro hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashishdir.

Forum Azimut Grand Hotel (Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A) hududida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida o‘tkaziladi.
Tadbirning bosh homiysi — Mastercard.

2025 yilda “Digital Uzbekistan” rekord ko‘rsatkichlarga erishdi: tadbirda 36 mamlakatdan 2 000 dan ortiq delegat ishtirok etdi, 150 dan ziyod spikerlar ma’ruza qildi. 100 dan ortiq kompaniya o‘z yechimlari, mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etdi. Forum ishtirokchilari geografiyasi AQSH, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, BAA, Portugaliya, Singapur, Turkiya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Boltiqbo‘yi davlatlari, MDH mamlakatlari va boshqa bozorlarga qadar kengaydi.

2026 yilgi Forumning asosiy mavzulari:
• e-Gov: elektron hukumatdan raqamli jamiyat sari
• raqamli bank xizmatlari va fintex
• kiberxavfsizlik
• kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirish
• sun’iy intellekt, ChatGPT va biznesdagi yangi raqamli texnologiyalar
• islomiy moliyalashtirish
• markaziy banklarning raqamli valyutalari (CBDC)
• kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalari
• transchegaraviy to‘lovlar
• raqamli servislar va ekotizimlar
• elektron tijorat va oflayn chakana savdo
• BNPL va iste’molchi moliyalashtirishning yangi modellari
• masofaviy identifikatsiya
• naqd pul muomalasini transformatsiya qilish.

2025 yil spikerlari

2025 yilgi forumning yakuniy videosi

2026 yilgi Forum haqida batafsil ma’lumot havola orqali.

https://uz.plus-forum.com/#tariffs

Xalqaro PLAS-Forum “Digital Uzbekistan”da ko‘rishguncha!