Moliya bozori ishtirokchilari milliy uyushmasining (НАУФР) yangi aʼzosi !
2025-yil iyun oyida «Asaka Finance Garant» mikromoliya tashkilotining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Asakabank qoshida tashkil etilgan ushbu yangi tashkilot kichik va o’rta biznes va aholiga zamonaviy, qulay moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi.
Jismoniy shaxslar uchun 5 milliondan 100 million so’mgacha, yuridik shaxslar uchun esa 300 million so’mgacha mikroqarzlar ajratiladi. Tashkilot bank kafolati xizmatini ham taqdim etadi, bu esa biznes sub’yektlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelajakda «Asaka Finance Garant» butun respublika bo‘ylab filiallar ochish, onlayn xizmatlarni rivojlantirish hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilish orqali o‘z faoliyatini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu esa mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini va qulayligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


