Yangiliklar

Moliya bozori ishtirokchilari Milliy assotsiatsiyasi Sales Association (Gruziya) bilan hamkorlik Memorandumini imzoladi.

Ushbu «Xamkorlik memorandumi» ning maqsadi o‘zaro manfaat va tenglik asosida mikromoliyalashtirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirish maqsadida qo‘shma institutsional munosabatlar uchun asos yaratishdir.

Moliya bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasining keyingi rejalarida – mikromoliya xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha mikromoliya tashkilotlari va lombardlar vakillari ishtirokida o‘qitish, stajirovka, seminar-treninglar o‘tkazish uchun xorijiy o‘quv safarlarini tashkillashtirish.
(email: info@naufr.uz lotus address: naufr, telefon 99-808-11-04, telegramm 98-363-11-04)

2024 yil 18-22 oktyabr kunlari Moliya bozori ishtirokchilari Milliy assotsiatsiyasi Sales Association (Gruziya) bilan birgalikda mikromoliya tashkilotlari va lombardlar rahbarlari uchun o‘quv turini o‘tkazdi.

O‘quv safari Tbilisida shaxrida (Gruziya) bo‘lib o‘tdi.

O‘quv safari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining roli va ulushini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida»gi qarori, 8-bandning ijrosi asosida tashkil yetilgan.

 

Dastur doirasida o‘quv kursi ishtirokchilari dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar:

 

 

1) Gruziyada mikromoliya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik: asosiy talablar.

* Ustav kapitali

* Litsenziyaga kiritilgan faoliyat turlari: mikrokreditlar, kartalar, to‘lov xizmatlari, pul

o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash, lombard xizmati

* Kreditga xizmat ko‘rsatish koyeffitsiyenti (PTI)

* Daromadlarni asoslash talabi

* Kapitalning yetarlilik koyeffitsiyenti

* Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish talabi

* Reklama talablari

* Shaxsiy ma’lumotlar va axborot xavfsizligini himoya qilish talabi

 

 

2) Mikrobanklar to‘g‘risidagi Qonunchilik

Litsenziya talablari:

* Mikromoliya tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan qiyosiy tahlil

* Mikrobanklar to‘g‘risidagi qonunning asosiy talablari

 

 

3) Gruziya muammoli sessiyalarda ishlash amaliyoti

* Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning axloqiy qoidalari

* Kechikish vaqtlari va javob berish tartiblari

* Kredit mutaxassisi, kollektor, yurist – shu jumladan ish taqsimoti

 

 

4) Kredit xatarlarini boshqarish:

* kredit tavakkalchiligi boshkarish strategiyaning asosiy yo‘nalishlari

* kredit tavakkalchiliklarga moyillik

* kredit tavakkalchiligi xisobotining asosiy kursatgichlari

*kredit tavakkalchilikni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi: kredit qo‘mitasi,

tavakkalchilikni tahlil qilish, strategik boshqaruv.

 

 

5) Qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimi – kredit skoringi

• Kredit skoringining qisqacha tarixi MFO “Kristal” (Gruziya) misolida

• Kredit skoringining asosiy o‘zgaruvchan kursatgichlari

• Kredit skoring tizimli tahlil qilish va o‘zgartirish

• Kredit skoringi ichki va tashqi me’yoriy-huquqiy bazasi

 

6) Raqamli transformatsiya loyihasi

 

7) Mikromoliya tashkilotlarining marketing yo‘nalishlari

 

O‘quv safari yakunida mikromoliya tashkilotlari va lombard vakillariga shaxsiy sertifikatlar topshirildi.

Mazkur o‘quv safari mikromoliya tashkilotlari va lombard rahbarlariga o‘zaro tajriba almashish, kasbiy faoliyatidagi dolzarb muammolarni yechimini topish imkonini berdi.

 

Taqdimot materiallarini va tadbirdan fotosuratlarni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

 

Fotosuratlarni – arxiv 1
Fotosuratlarni – arxiv 2
Fotosuratlarni – arxiv 3
Fotosuratlarni – arxiv 4