Hurmatli hamkasblar!
🏨 Moliya bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi (NAUFR) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.10.2023 yildagi PQ-364-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliyaviy xizmatlar rolini va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandini bajarish doirasida 2026 yil aprel oyining ikkinchi yarmida nobank kredit tashkilotlari uchun Gruziyaga o‘quv tashrifini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Ushbu dasturda ishtirok etish uchun NNT rahbarlari va asosiy mutaxassislarini taklif qilamiz.
📅 Taxminiy muddatlar:
• dastur davomiyligi: 3–5 kun
• qo‘shimcha ravishda 2–3 kun erkin vaqt rejalashtirilgan
👥 Ishtirokchilar soni cheklangan – 15 nafargacha (rahbarlar va asosiy mutaxassislar)
🧩 O‘quv tashrifining dastlabki mavzulari (workshop formatida):
- Gruziya Markaziy banki bilan uchrashuv
– mikromoliya sektorini tartibga solish va nazorat qilish, kapital, hisobot va risklarni boshqarish talablari - Moliyalashtirish (funding) bo‘yicha ekspertlar ishtiroki
– NNTlarni xalqaro va mahalliy hamkorlardan uzoq muddatli moliyalashtirish jalb qilishga tayyorlashning amaliy jihatlari - Moliyalashtiruvchi fondlar vakillari bilan uchrashuv
– fondlar talablari, odatiy shartlar, shaffoflik bo‘yicha kutishlar, ESG yondashuvlari va boshqalar - Gruziyaning “Kristall” MFO tajribasi
– mikromoliyaviy bankka transformatsiya:
• tartibga solish va biznes nuqtai nazaridan qanday o‘zgarishlar bo‘ldi
• qanday qo‘shimcha xizmatlar paydo bo‘ldi
• tashkiliy tuzilma, risk-menejment, IT va mahsulotlar liniyasi - Gruziyada lombard biznesi bo‘yicha alohida blok
– lombardlar vakillari bilan uchrashuv
– tartibga solish, soliqqa tortish, garov bilan ishlash va amaliy masalalar
Bundan tashqari, madaniy dastur ham mavjud: 📉 erkin vaqt, 🎡 ekskursiyalar, 🥂 degustatsiyalar, 🏟 madaniy tur, 👨🎓 master-klasslar, 👨🏫 treninglar, 😎 biznes uchrashuvlar va boshqa ko‘plab tadbirlar 🎭🎪
💡 Dastur bo‘yicha takliflar
Agar sizda qo‘shimcha mavzular, savollar yoki dasturga kiritmoqchi bo‘lgan formatlar (alohida uchrashuvlar, кейсlar, Gruziyadagi qiziqtirgan tashkilotlar) bo‘lsa, ushbu e’longa javoban takliflaringizni yuborishingizni so‘raymiz. Yakuniy dastur shakllantirilganda ularni inobatga olishga harakat qilamiz.
💰 Ishtirok narxi
Ishtirok etishning yakuniy qiymati (aviachipta, yashash, dastur, tashkiliy badal) hozirda hisoblanmoqda.
Narx va ishtirok shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot keyinroq, qabul qiluvchi tomon va hamkorlar bilan muzokaralar yakunlangach yuboriladi.
📨 Nima uchun hozir oldindan javob kerak
Dastur rejalashtirish, muzokaralar olib borish va joylar kvotasini bron qilish uchun taxminiy ishtirokchilar sonini oldindan bilish muhim.
Ishtirok etishga qiziqqan NNTlardan quyidagilarni oldindan ma’lum qilishlarini so‘raymiz:
• tashkilotning to‘liq nomi
• tashkilotingizdan qatnashadigan taxminiy ishtirokchilar soni (F.I.Sh. va lavozimlarni taxminan ko‘rsatish mumkin)
• ustuvor mavzular (yuqoridagilardan va/yoki qo‘shimcha takliflar)
• potensial ishtirokchilarda amal qiluvchi xorijga chiqish pasporti mavjudligi
• afzal ko‘rilgan ish tili (rus / ingliz)
Murojaat uchun: Elyorjon Abdulhamidovich
