Yangiliklar

PLAS-FORUM Digital Uzbekistan 2025  boshlanishiga 2 kun qoldi!

Markaziy Osiyoning eng yirik sohaviy tadbirlaridan biri — Xalqaro PLAS-Forum Digital Uzbekistanga taklif etamiz! Forum 2025 yil 28–29 may kunlari Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy Agentligi va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

PLAS-Forum Digital Uzbekistan — bu davlat sektori va biznes, regulyatorlar, banklar, fintech kompaniyalar, chakana savdo va raqamli transformatsiya uchun yechimlar taqdim etuvchilarni birlashtiradigan yetakchi biznes tadbiridir.

Forum dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.plus-forum.com/images/forums/2025/Agenda/UZ_2025_AGENDA_RUS.pdf

Asosiy mavzular: Zamonaviy raqamli jamiyat rivoji, Elektron hukumat (e-GOV), Sun’iy intellekt (AI), Kiberxavfsizlik, Bank sektori va fintech, To‘lov xizmatlari, Kriptovalyutalar, E-Commerce va oflayn retail, Banklar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari, Islomiy moliya va boshqa yo‘nalishlar.


Maxsus mehmon — Ulug‘bek Rashitov, WT taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni!

Forum speakerlari:

– Shyni So – Tencent Cloud International, biznes rivojlantirish direktori
– Bonjun (Brett) Kang – Koreya Depozitlar Kafolat Korporatsiyasi rahbari
– Manprit Singh Nagi – Hindiston Xalqaro Biznes Palatasi (ICIB) prezidenti
– Stiven Poup – Sieg Trade Solutions asoschisi, DHL Group sobiq vitse-prezidenti
– Chyu Niu – EGATE loyihasi rahbari, Jahon Banki
– Abdeslam Benzituni – Jumia VP, PR direktori
– Skot Rayzer – KPMG Caucasus and Central Asia, texnologik maslahatchi
– Jatinder Xandu – Unified Fintech Forum CEO’si

PLAS-Forum — bu bozordagi ishtirokchilar va soha ekspertlari uchun samarali muloqot maydonchasidir. Bu Markaziy Osiyo iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki beradi.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanmoqda! Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish: https://uz.plus-forum.com/#tariffs

Shuningdek, konferensiya davomida ilg‘or texnologiyalar va biznes yechimlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

To‘liq ma’lumot: https://uz.plus-forum.com/

Raqamli bozor yetakchilari qatorida bo‘ling!