Yangiliklar

OTB missiyasi bilan uchrashuv

Markaziy bankda Moliya bozori ishtirokchilari milliy uyushmasi va Osiyo taraqqiyot bankining moliya sektori katta eksperti Endryu Makkartni boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturi bo‘yicha faktlarni aniqlash masalalari, shuningdek, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy ommaboplik milliy strategiyasini baholash bo‘yicha maslahatlashuvlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida OTB vakillari dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, jumladan, hamkor banklarni tanlash, mikromoliya tashkilotlarini moliyalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasini texnik qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratdilar.

Missiya davomida Moliyaviy ommaboplikning yangi Milliy strategiyasini ishlab chiqish doirasida nobank kredit tashkilotlari va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.